Manzil:
Toshkent sh., Mirobod tumani, Lolazor MFY, Oybek ko‘chasi, 16-uy
🧮 Ko‘pchilik matematikaning ahamiyatini yetarlicha baholamaydi, bekorga!
💪 Zero, u inson hayoti uchun nafaqat muhim, balki zarurdir.
👉 Matematika aqlimiz, mantiqimiz, xotiramiz va diqqatimizni rivojlantirishdan tashqari, kundalik hayotda muayyan masalalarni hal qilishga ham yordam beradi.
🚗 Avtomobil haydash:
Bir shahardan ikkinchisiga borish uchun matematika bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarga ega bo‘lish kerak. Aks holda, rejalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan masofa va vaqtni hisoblay olmaysiz.
⚽️ Sport:
Matematika sportchilar hayotida muhim o‘rin tutadi.
Chunki har qanday sport turi strategiyalarga to‘la va hisob-kitobni talab qiladi.
✈️ Fan:
Fizika, tilshunoslik, texnika va boshqa ko‘plab fanlarni o‘rganish matematik funksiyalardan foydalanishni taqozo etadi. Shuningdek, matematik bilimlarsiz na koinotni o‘zlashtirish, na tibbiyotdan tortib qurilishgacha bo‘lgan turli sohalarda zarur bo‘lgan elektron hisoblash mashinalarini yaratish mumkin bo‘lar edi.
🥰 Agar suhbatdosh topilmasa, nutqingizni qanday yaxshilash usullari bilan bo‘lishamiz.
📖 Mutolaa:
Ingliz tilidagi kitoblarni iloji boricha tez-tez, ovoz chiqarib va ifodali o‘qing! Yengil asarlardan — bolalar ertaklari yoki detektivlardan boshlagan ma’qul. Bir bobni o‘qib bo‘lgach, darhol uni o‘z so‘zlaringiz bilan ovoz chiqarib qayta so‘zlab bering. Bu usul fikrlarni bayon qilishga va tilingizni ravon qilishga yordam beradi.
✏️ Qaydlar:
Fikrlaringizni qaydlaringizga yozib boring. Nima demoqchi ekaningizni yozing, shunda gap tuzishni o‘rganasiz.
Fikrlaringizni xuddi ovoz chiqarib aytayotgandek yozing, so‘ng qayta o‘qib chiqing va uni yanada tushunarliroq ifodalashga harakat qiling.
🎙️ Ovozli xabarlar:
Qaydlar yuritishga qo‘shimcha ravishda ovozli xabarlar yozib olish ham ayni muddao bo‘ladi.
Messanjerlarda turli mavzularda, har xil nutq oborotlarini qo‘llagan holda qisqa hikoyalar yozing. So‘ngra ularni eshitib ko‘ring va qayta yozing. Shunda har bir yangi yozuv avvalgisidan yaxshiroq chiqaveradi.
🗣 Ovozingizni chiqarib gapiring:
O‘zingizga kuningiz qanday o‘tganini, deraza ortidagi ob-havo qanaqaligini yoki yaqinda qanday film tomosha qilganingizni so‘zlab bering. Chet tilida o‘z ovozingiz jarangiga ko‘nikishingiz muhim, shunda bir tildan ikkinchisiga o‘tish osonlashadi.
📻 Podkastlar tinglang:
Ingliz tilidagi podkastlar ham tilni eshitib idrok qilishni a’lo darajada mashq qildiradi. Tinglang, so‘ngra eshitgan iboralaringizni ohangni saqlagan va to‘ldiruvchi so‘zlarni qo‘llagan holda takrorlang. Ma’lum vaqtdan keyin nutqingiz jonliroq va ravonroq bo‘ladi, miyangiz esa tanish so‘zlarni o‘zi topib, yodda saqlay boshlaydi.
🌏 IELTS vs TOEFL
👉 Ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatda o‘qishni yoki yashashni rejalashtirayotganlar til bilish bo‘yicha xalqaro imtihonlardan birini topshirishlari kerak bo‘ladi.
Eng mashhurlari IELTS va TOEFL’dir. Keling, ularning farqlarini ko‘rib chiqamiz:
🇺🇸 Mamlakat
TOEFL imtihoni amerika ingliz tili bilim darajasini tekshiradi. Uni AQSh yoki Kanadaga ko‘chib o‘tmoqchi bo‘lganlar topshirishi kerak.
IELTS esa britan ingliz tilini qay darajada bilishingizni tekshiradi. Agar Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya yoki Avstraliyaga ko‘chib o‘tishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, ushbu imtihonni topshirishingiz lozim.
😎 Ommabopligi
“TOEFL” sertifikatini 7500 ga yaqin o‘quv yurti va 130 ta mamlakat tan olsa, “IELTS” sertifikati bilan sizni 6000 dan ortiq o‘quv yurti va 135 ta mamlakat qabul qilishga tayyor.
🎲 Format
“IELTS” ikki turga bo‘linadi: “General IELTS” — umumiy ingliz tili bilimlarini sinovdan o‘tkazuvchi test va “Academic IELTS” — akademik ingliz tili bilimlarini sinovdan o‘tkazuvchi test.
“TOEFL” esa faqat bitta, ya’ni akademik turda mavjud. Shu sababli ham u “Academic IELTS” bilan taqqoslanadi.
👉 Qoidalar
«TOEFL» imtihonining davomiyligi 4 soatni,
«IELTS» esa 2 soat 45 daqiqani tashkil etadi.
«TOEFL»dagi topshiriqlar «multiple choice», ya’ni bir nechta variantlar ichidan to‘g‘ri javobni tanlash shaklida bo‘ladi.
«IELTS» esa bo‘shliqlarni to‘ldirish, to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri fikrni tanlash kabi turli xil topshiriqlarni o‘z ichiga oladi.
👍 Har ikki imtihon natijalari ham 2 yil davomida haqiqiy hisoblanadi.
Bu muddat tugagach, imtihon topshiruvchi haqidagi ma’lumotlar ma’lumotlar bazasidan o‘chirib tashlanadi va imtihonni qayta topshirish talab etiladi.
😎 IELTS rukni.
🎓 Bu, ehtimol, ko‘plab talabalar hayotidagi eng muhim imtihonlardan biridir. Har kim eng yuqori ball olishga umid qiladi, ammo bunga hamma ham erisha olmaydi.
🙅🏻♀️ Talabalarning "Reading" bo‘limida yo‘l qo‘yadigan keng tarqalgan xatolarini ko‘rib chiqamiz.
📚 Reading — imtihonning bu qismi shunchaki o‘qish darajangizni tekshirib qolmay, balki matn mazmunini tushunishingizni, asosiy g‘oyani ajrata olishingizni, shuningdek, o‘qiganlaringizni tahlil qilib, xulosa chiqara olish qobiliyatingizni ham ochib beradi.
⌛️ Ushbu bo‘lim ustida ishlash uchun atigi 60 daqiqa vaqt ajratiladi. Bu vaqt ichida nafaqat 3 ta katta hajmli matnni o‘qish, balki maxsus javoblar varaqasidagi 40 ta savolga javob berishga ham ulgurish kerak, shu sababli vaqtni to‘g‘ri taqsimlay bilish muhim.
🚫 Asosiy xato:
Vaqtni tejash kerak.
Matnni bir necha marta qayta o‘qish va har bir tushunarsiz so‘zning ma’nosi ustida o‘ylanib o‘tirish. Vaqtingizni behuda sarflamang, axir asosiy maqsad — savollarga to‘g‘ri javob berish.
Topshiriq sizga aynan nimani o‘qish kerakligini ko‘rsatib beradi, shuning uchun avval topshiriqni, keyin esa matnni o‘qib, javoblarni bosqichma-bosqich topgan ma’qul. Axir, matnlarning umumiy ma’nosini tushunish uchun ularni to‘liq o‘qib chiqish shart emas.
🤔 Shuningdek, talabalar uchun asosiy muammolardan biri shuki, IELTS matnlarida odatda ko‘pchilik tushunmaydigan leksika uchraydi, chunki ular fan, tadqiqot, publitsistika sohalariga oid bo‘ladi yoki ommaviy axborot vositalaridan olingan maqolalardir.
🤓 O‘zingizni yo‘qotib qo‘ymaslik va tushunmovchilikka duch kelmaslik uchun tayyorlaning. Ingliz tilida texnik matnlarni ko‘proq o‘qing. Turli mavzu va uslubdagi maqolalarni tanlang. Bir muddat badiiy adabiyotdan voz kechib, e’tiborni gazeta, jurnal va ilmiy maqolalarga qaratishingizni maslahat beramiz. Lug‘at boyligingizni oshiring: matnlarni o‘qish davomida yangi so‘zlarni tarjima qilib, yodda saqlang.
🤔 Ingliz tilini o‘rganish ko‘p vaqt va kuch talab qiladi, deb o‘ylaysizmi?
😉 Keling, bahslashamiz...
🙌 Biz siz uchun kuniga atigi 30 daqiqa ichida bilim darajangizni sezilarli darajada oshirishga yordam beradigan bir nechta foydali maslahatlarni to‘pladik.
📚 Ingliz tilini kundalik hayotingizning bir qismiga aylantiring. Uni hayotingizga oz-ozdan, ammo muntazam ravishda kiriting. Masalan, har kuni 30 daqiqa davomida inglizcha yangiliklar o‘qing, filmlar tomosha qiling, podkastlar tinglang.
📚 Nutqingizda yangi so‘zlarni qo‘llang. Inglizcha so‘zlarni qo‘shib gapirish o‘ziga xos trendga aylangan, siz ham chetda qolmang. Har kuni yangi so‘zlarni o‘rganing va ularni do‘stlaringiz hamda yaqinlaringiz bilan suhbatda ishlating, shunda tezroq eslab qolasiz.
📚 Xato qilishdan qo‘rqmang va uni chetlab o‘tmang. Ustozlarning aytishicha, xatolar ustida ishlash kerak bo‘lgan zaif tomonlaringizni ko‘rsatib beradi. Shuningdek, ular o‘qishdagi muvaffaqiyatingizni kuzatib borishga yordam beradi.
📚 Maqsad qo‘ying. Til o‘rganish istagining o‘zigina kamlik qiladi, sizda aniq bir maqsad bo‘lishi lozim. Bunga nima uchun ehtiyojingiz borligini va qaysi darajaga erishmoqchi ekaningizni tushunishingiz muhim.
🇬🇧 Agar ingliz tili bo‘yicha bilim darajangizni oshirishni istasangiz, sizni “Beshplus” o‘quv markaziga taklif qilamiz.
👉 Matematika — bu shunchaki tenglamalar va raqamlar haqidagi fan emas, balki tuzilmalar, tartib va munosabatlar haqidagi fandir.
👉 Matematik tafakkur insonda dunyoni o‘ziga xos tanqidiy idrok etish qobiliyatini, narsalarning mohiyatini anglash va haqiqatni topish, turli hodisa va tushunchalarning sababini tushunish imkoniyati va istagini rivojlantiradi.
🌏 Matematik fikrlash tarzi quyidagilarni anglash imkonini beradi:
- Har qanday muammoning yechimi mavjud.
- Muammo yechimini bosqichlarga bo‘lish ancha samaraliroq.
- Muvaffaqiyatsizlik va xatolar — bu taslim bo‘lish uchun bahona emas, balki rivojlanish uchun imkoniyatdir.
👉 O‘ziga xos fikrlash va mantiqiy mulohaza yuritish uchun oddiy geometrik va arifmetik masalalarning o‘zi yetarli emas, matematik tafakkurni doimo rivojlantirib borish kerak.
👉 Agar mantiqiy topshiriqlar va boshqotirmalarni muntazam yechib, kundalik voqealarni turli yechim variantlari bilan xayolan tahlil qilib borsangiz, mantiq va matematik tafakkuringiz rivojlanadi.
👉 Matematik fikrlashni har kuni mashq qildirish va rivojlantirishni odatga aylantirish lozim.
🤪 Vaqti-vaqti bilan dangasalik qilish mutlaqo normal holat, hammamiz gohida erinamiz.
🤓 Ammo dangasalik jilovdan chiqib, o‘qib-o‘rganishingizga xalal bera boshlasa, bu borada nimadir qilish kerak.
⠀
👇 Biz siz uchun dangasalikni foydali mashg‘ulotga aylantirish va yotoqdan turmasdan turib ingliz tilini o‘rganishga oid bir nechta foydali (va ayni paytda “zararli”) maslahatlarni to‘pladik:
⠀
👌 Xorijiy ijtimoiy tarmoqlarni kuzating va o‘qing.
TikTokni varaqlayotganingizda miya “uxlaydi”. Ammo rus bloggerlarini emas, amerikaliklarnikini ko‘rsangiz, uni uyg‘otishingiz mumkin. O‘z xobbingiz haqidagi ruscha sahifalarni emas, xorijiy sahifalarni o‘qing. Foydasi ikki hissa bo‘ladi: ham ingliz tilingizni rivojlantirasiz, ham trendlarning barcha asl manbalarini topasiz.
⠀
👌 Ingliz tilida kundalik tuting
Yoki telefoningizga qaydlar yozing, yo bo‘lmasa yopiq Twitter yuriting. U yerga o‘z fikrlaringizni, mayda ishlaringiz yoki kunlik rejalaringizni ingliz tilida shunchaki yozib boring. Kerakli so‘zlarni lug‘atdan qarab oling, ularni qo‘llang va yodda saqlang.
⠀
👌 Ingliz tilidagi qo‘llanmalarni qidiring
Aytaylik, siz pankeyk pishirmoqchisiz. Yoki uy uchun biror narsa yasamoqchisiz. Yoki gitarada akkord o‘rganmoqchisiz. Erinmasdan, ingliz tilidagi retsept yoki qo‘llanmani toping. Ular ko‘pincha qiziqarliroq va sifatliroq bo‘ladi, ingliz tilining foydasi haqida esa gapirmasa ham bo‘laveradi.
⠀
👌 Musiqa tinglang
Hozir hatto rus ijrochilari ham ingliz tilida kuylashyapti yoki qo‘shiq matnlariga inglizcha so‘zlarni qo‘shishyapti. O‘zingizga yoqqan musiqani tinglang, eshitib tushunishga harakat qiling, matnini o‘qing va tarjima qiling – bu ham qiziqarli, ham foydali.
⠀
👌 “Beshplus” o‘quv markazining ingliz tili guruhlariga yoziling
✍️ Agar bilim darajangizni oshirishni yoki ingliz tilini noldan boshlab o‘rganishni istasangiz, unda bizga murojaat qiling – tezroq yoziling!
👉 Keling, murakkab mavzuda suhbatlashamiz…
Ko‘pchilik talabalar kasbni o‘z xohishi yoki orzulariga ko‘ra emas, balki ota-onasi tanlab bergan yo‘nalishda tanlaydi.
Bunday paytda ota-onalar doim o‘zlari yaxshiroq bilishini, kattalarning gapiga quloq solish kerakligini va shu kabi gaplarni aytishadi.
Bu chindan ham mushkul masala, zero, farzand har doim ham o‘z imkoniyatlari va iqtidorini to‘g‘ri baholay olmasligi, istiqbolni ko‘ra bilmasligi mumkin. Shu tariqa ota-onalar uni keraksiz xatolardan asrab qoladi.
Ammo ko‘pincha farzand bosim ostida o‘zi yoqtirmagan kasbni egallaydi. Natijada institutni bitirib, qo‘lida bir parcha “diplom” va behuda ketgan to‘rt yillik vaqt bilan qoladi. Eng yomon holatda esa yoqtirmagan ishida ishlab, bundan qattiq aziyat chekadi.
Nima to‘g‘ri-yu, nima noto‘g‘ri ekanini bilmaymiz, bu — qiyin savol. Bizga sizning fikringiz qiziq.
Ayting-chi, kasbni o‘zingiz tanlaganmisiz yoki bu qarorni siz uchun boshqalar qabul qilganmi?
🤩 Geometriyadan eng foydali 5 ta formula:
🟥 Kvadratning yuzi uning tomoni uzunligining kvadratiga teng.
❗️To‘g‘ri to‘rtburchakning yuzi uning qo‘shni tomonlari ko‘paytmasiga teng.
🔴 Doiraning yuzi aylana radiusi kvadrati bilan pi sonining ko‘paytmasiga teng.
🔺To‘g‘ri burchakli uchburchakning yuzi uning katetlari ko‘paytmasining yarmiga teng.
♦️Parallelogrammning yuzi balandlik va shu balandlik tushirilgan tomon ko‘paytmasiga teng.
Zamonaviy dunyoda o‘z-o‘zini tashkil etish hayotingizni yaxshi tomonga o‘zgartira oladigan asosiy ko‘nikmalardan biridir. O‘qish, ish va shaxsiy maqsadlar ancha mashaqqatli bo‘lishi mumkinligini bilamiz, ammo ta’lim olish jarayonini yanada samarali va unumli qilishning usullari bor.
🎯 Maqsad: Aniq bir maqsadni belgilab oling. Nimaga erishmoqchi ekaningizni aniq anglashingiz muhim vazifalarga diqqatni jamlashga yordam beradi.
🗓️ Rejalashtirish: O‘qish, ish va dam olishni o‘z ichiga olgan moslashuvchan jadval yarating. Takrorlash va o‘z ustingizda ishlash uchun ham vaqt ajrating.
📚 Ta’lim olish usullari: O‘zingiz uchun eng ma’qul ta’lim olish usullarini tanlang. Xotira kartalari, qaydlar, onlayn kurslar va boshqa manbalardan foydalanishingiz mumkin.
🔑 Ustuvorliklarni belgilash: Eng muhim vazifalarni aniqlab, ishni ulardan boshlang. So‘ngra asta-sekin ikkinchi darajali vazifalarga o‘ting.
💪 O‘z-o‘zini motivatsiya qilish: Maqsadlaringizni yodda tuting va erishgan muvaffaqiyatlaringiz uchun o‘zingizni mukofotlang. Bu ishtiyoqingizni so‘ndirmaslikka ko‘maklashadi.
💆 Vaqtni boshqarish: Vazifalarga diqqatni yaxshiroq jamlash uchun Pomodoro usuli kabi vaqtni boshqarish texnikalaridan foydalaning.
🏆 Muvozanat: Dam olishni va o‘zingizga g‘amxo‘rlik qilishni unutmang. Muntazam tanaffuslar o‘qishni yaxshiroq o‘zlashtirishingizga yordam beradi.
Yodda tuting, o‘quv jarayoni nafaqat bilim olish, balki o‘z-o‘zini tartibga solish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan ham iborat. Muvozanatni saqlab, ushbu oddiy maslahatlarga amal qilsangiz, mahsuldorligingizni sezilarli darajada oshirishingiz va ta’lim cho‘qqilarini zabt etishingiz mumkin!