Yangiliklar

Ingliz tili, qahva, balki raqsga tusharmiz?


Qahvaxonada muloqot qilish uchun eng foydali inglizcha iboralarni jamladik: qanday buyurtma berish, ichimlik hajmini tanlash, qahvani o‘zingiz bilan olib ketishni so‘rash yoki to‘lov usuliga aniqlik kiritish.

Kartochkani saqlab qo‘ying — sayohatlarda asqatadi. 🤎

🎯Odatda o‘quvchilar imtihonlardan so‘ng birinchi bo‘lib ota-onalari va do‘stlariga yozishadi. Keyin esa bizga ham minnatdorchilik xabarlari keladi: «Rahmat sizga. Men o‘qishga kirdim!»


Bu safar Jahongir Shuhratovichning matematika fanidan tayyorlanib, INHA universitetiga o‘qishga kirgan shogirdlari natijalari bilan bo‘lishamiz.


📲 Bog‘lanish uchun telefon: (78) 777-03-50

💻 Onlayn-maktab/videodarslar: 5plus.uz

Qayerda: Kochi Texnologiya Universiteti


Dastur: PhD / doktorantura


Yo‘nalishlar: muhandislik, mexanika va aerokosmik muhandislik, elektronika va fotonika, arxitektura va infratuzilma dizayni, muhandislik fanlari, informatika, ma’lumotlar va innovatsiyalar, iqtisodiyot va menejment


Talablar: magistr diplomi, ingliz tilini bilish, yosh chegarasi – 35 yoshgacha


Stipendiya: imtihon to‘lovi, qabul badali va 3 yillik o‘qish xarajatlarini to‘liq qoplaydi; shuningdek, oylik stipendiya ham to‘lanadi 🫰


Ariza topshirishning oxirgi muddati: 16-oktyabr


Batafsil: https://www.kochi-tech.ac.jp/english/admission/ssp/outline.html

Axborotni tahlil qilish, mantiqan fikrlash, nostandart masalalarni yecha olish, ma’lumotlar bilan ishlash va tez o‘rganish 📚 – aynan shu kabi ko‘nikmalar bugungi mehnat bozorida eng muhimlariga aylanmoqda.


“Beshplus”da biz nafaqat o‘qishga muvaffaqiyatli kirish uchun zarur bilimlarni, balki universitetda va bo‘lajak karyerada asqatadigan mahoratlarni ham shakllantiramiz. Zero, bugungi mustahkam poydevor – ertangi keng imkoniyatlar demakdir.

Qachonlardir kimdir bizga mutlaqo noldan kelgan, kimdir gapirishga qo‘rqqan, yana kimdir esa IELTS’dan yuqori ball olishni orzu qilgan edi. Bugun ular qo‘llarida chinakamiga faxrlansa arziydigan sertifikatlarni ushlab turibdi.


O‘quvchilarimizga mehnati, matonati va ishonchi uchun tashakkur. Agar siz hamon birinchi qadamni ortga surayotgan bo‘lsangiz, balki aynan hozir buning ayni vaqtidir.

Manzil: Sophia University


Dasturlar: bakalavriat, magistratura, PhD


Yo‘nalishlar: san’at, tabiiy fanlar va texnologiyalar, barqaror rivojlanish, global tadqiqotlar, yashil muhandislik, tilshunoslik, gumanitar fanlar, xalqaro munosabatlar


Stipendiya: o‘qish to‘lovining uchdan biridan 100%igacha qismini qoplaydi


Ariza topshirish muddati: fakultet va tanlangan dasturga bog‘liq


Batafsil: https://piloti.sophia.ac.jp/eng/scholarships1/scholraship_e0005/