How to improve your SPEAKING ?

Изображение обложки поста

🥰 Agar suhbatdosh topilmasa, nutqingizni qanday yaxshilash usullari bilan bo‘lishamiz.


📖 Mutolaa:

Ingliz tilidagi kitoblarni iloji boricha tez-tez, ovoz chiqarib va ifodali o‘qing! Yengil asarlardan — bolalar ertaklari yoki detektivlardan boshlagan ma’qul. Bir bobni o‘qib bo‘lgach, darhol uni o‘z so‘zlaringiz bilan ovoz chiqarib qayta so‘zlab bering. Bu usul fikrlarni bayon qilishga va tilingizni ravon qilishga yordam beradi.


✏️ Qaydlar:

Fikrlaringizni qaydlaringizga yozib boring. Nima demoqchi ekaningizni yozing, shunda gap tuzishni o‘rganasiz.

Fikrlaringizni xuddi ovoz chiqarib aytayotgandek yozing, so‘ng qayta o‘qib chiqing va uni yanada tushunarliroq ifodalashga harakat qiling.


🎙️ Ovozli xabarlar:

Qaydlar yuritishga qo‘shimcha ravishda ovozli xabarlar yozib olish ham ayni muddao bo‘ladi.

Messanjerlarda turli mavzularda, har xil nutq oborotlarini qo‘llagan holda qisqa hikoyalar yozing. So‘ngra ularni eshitib ko‘ring va qayta yozing. Shunda har bir yangi yozuv avvalgisidan yaxshiroq chiqaveradi.


🗣 Ovozingizni chiqarib gapiring:

O‘zingizga kuningiz qanday o‘tganini, deraza ortidagi ob-havo qanaqaligini yoki yaqinda qanday film tomosha qilganingizni so‘zlab bering. Chet tilida o‘z ovozingiz jarangiga ko‘nikishingiz muhim, shunda bir tildan ikkinchisiga o‘tish osonlashadi.


📻 Podkastlar tinglang:

Ingliz tilidagi podkastlar ham tilni eshitib idrok qilishni a’lo darajada mashq qildiradi. Tinglang, so‘ngra eshitgan iboralaringizni ohangni saqlagan va to‘ldiruvchi so‘zlarni qo‘llagan holda takrorlang. Ma’lum vaqtdan keyin nutqingiz jonliroq va ravonroq bo‘ladi, miyangiz esa tanish so‘zlarni o‘zi topib, yodda saqlay boshlaydi.