Manzil:
Toshkent sh., Mirobod tumani, Lolazor MFY, Oybek ko‘chasi, 16-uy

🌏 IELTS vs TOEFL
👉 Ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatda o‘qishni yoki yashashni rejalashtirayotganlar til bilish bo‘yicha xalqaro imtihonlardan birini topshirishlari kerak bo‘ladi.
Eng mashhurlari IELTS va TOEFL’dir. Keling, ularning farqlarini ko‘rib chiqamiz:
🇺🇸 Mamlakat
TOEFL imtihoni amerika ingliz tili bilim darajasini tekshiradi. Uni AQSh yoki Kanadaga ko‘chib o‘tmoqchi bo‘lganlar topshirishi kerak.
IELTS esa britan ingliz tilini qay darajada bilishingizni tekshiradi. Agar Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya yoki Avstraliyaga ko‘chib o‘tishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, ushbu imtihonni topshirishingiz lozim.
😎 Ommabopligi
“TOEFL” sertifikatini 7500 ga yaqin o‘quv yurti va 130 ta mamlakat tan olsa, “IELTS” sertifikati bilan sizni 6000 dan ortiq o‘quv yurti va 135 ta mamlakat qabul qilishga tayyor.
🎲 Format
“IELTS” ikki turga bo‘linadi: “General IELTS” — umumiy ingliz tili bilimlarini sinovdan o‘tkazuvchi test va “Academic IELTS” — akademik ingliz tili bilimlarini sinovdan o‘tkazuvchi test.
“TOEFL” esa faqat bitta, ya’ni akademik turda mavjud. Shu sababli ham u “Academic IELTS” bilan taqqoslanadi.
👉 Qoidalar
«TOEFL» imtihonining davomiyligi 4 soatni,
«IELTS» esa 2 soat 45 daqiqani tashkil etadi.
«TOEFL»dagi topshiriqlar «multiple choice», ya’ni bir nechta variantlar ichidan to‘g‘ri javobni tanlash shaklida bo‘ladi.
«IELTS» esa bo‘shliqlarni to‘ldirish, to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri fikrni tanlash kabi turli xil topshiriqlarni o‘z ichiga oladi.
👍 Har ikki imtihon natijalari ham 2 yil davomida haqiqiy hisoblanadi.
Bu muddat tugagach, imtihon topshiruvchi haqidagi ma’lumotlar ma’lumotlar bazasidan o‘chirib tashlanadi va imtihonni qayta topshirish talab etiladi.