Manzil:
Toshkent sh., Mirobod tumani, Lolazor MFY, Oybek ko‘chasi, 16-uy

👉 Keling, murakkab mavzuda suhbatlashamiz…
Ko‘pchilik talabalar kasbni o‘z xohishi yoki orzulariga ko‘ra emas, balki ota-onasi tanlab bergan yo‘nalishda tanlaydi.
Bunday paytda ota-onalar doim o‘zlari yaxshiroq bilishini, kattalarning gapiga quloq solish kerakligini va shu kabi gaplarni aytishadi.
Bu chindan ham mushkul masala, zero, farzand har doim ham o‘z imkoniyatlari va iqtidorini to‘g‘ri baholay olmasligi, istiqbolni ko‘ra bilmasligi mumkin. Shu tariqa ota-onalar uni keraksiz xatolardan asrab qoladi.
Ammo ko‘pincha farzand bosim ostida o‘zi yoqtirmagan kasbni egallaydi. Natijada institutni bitirib, qo‘lida bir parcha “diplom” va behuda ketgan to‘rt yillik vaqt bilan qoladi. Eng yomon holatda esa yoqtirmagan ishida ishlab, bundan qattiq aziyat chekadi.
Nima to‘g‘ri-yu, nima noto‘g‘ri ekanini bilmaymiz, bu — qiyin savol. Bizga sizning fikringiz qiziq.
Ayting-chi, kasbni o‘zingiz tanlaganmisiz yoki bu qarorni siz uchun boshqalar qabul qilganmi?