Manzil:
Toshkent sh., Mirobod tumani, Lolazor MFY, Oybek ko‘chasi, 16-uy

😎 IELTS rukni.
🎓 Bu, ehtimol, ko‘plab talabalar hayotidagi eng muhim imtihonlardan biridir. Har kim eng yuqori ball olishga umid qiladi, ammo bunga hamma ham erisha olmaydi.
🙅🏻♀️ Talabalarning "Reading" bo‘limida yo‘l qo‘yadigan keng tarqalgan xatolarini ko‘rib chiqamiz.
📚 Reading — imtihonning bu qismi shunchaki o‘qish darajangizni tekshirib qolmay, balki matn mazmunini tushunishingizni, asosiy g‘oyani ajrata olishingizni, shuningdek, o‘qiganlaringizni tahlil qilib, xulosa chiqara olish qobiliyatingizni ham ochib beradi.
⌛️ Ushbu bo‘lim ustida ishlash uchun atigi 60 daqiqa vaqt ajratiladi. Bu vaqt ichida nafaqat 3 ta katta hajmli matnni o‘qish, balki maxsus javoblar varaqasidagi 40 ta savolga javob berishga ham ulgurish kerak, shu sababli vaqtni to‘g‘ri taqsimlay bilish muhim.
🚫 Asosiy xato:
Vaqtni tejash kerak.
Matnni bir necha marta qayta o‘qish va har bir tushunarsiz so‘zning ma’nosi ustida o‘ylanib o‘tirish. Vaqtingizni behuda sarflamang, axir asosiy maqsad — savollarga to‘g‘ri javob berish.
Topshiriq sizga aynan nimani o‘qish kerakligini ko‘rsatib beradi, shuning uchun avval topshiriqni, keyin esa matnni o‘qib, javoblarni bosqichma-bosqich topgan ma’qul. Axir, matnlarning umumiy ma’nosini tushunish uchun ularni to‘liq o‘qib chiqish shart emas.
🤔 Shuningdek, talabalar uchun asosiy muammolardan biri shuki, IELTS matnlarida odatda ko‘pchilik tushunmaydigan leksika uchraydi, chunki ular fan, tadqiqot, publitsistika sohalariga oid bo‘ladi yoki ommaviy axborot vositalaridan olingan maqolalardir.
🤓 O‘zingizni yo‘qotib qo‘ymaslik va tushunmovchilikka duch kelmaslik uchun tayyorlaning. Ingliz tilida texnik matnlarni ko‘proq o‘qing. Turli mavzu va uslubdagi maqolalarni tanlang. Bir muddat badiiy adabiyotdan voz kechib, e’tiborni gazeta, jurnal va ilmiy maqolalarga qaratishingizni maslahat beramiz. Lug‘at boyligingizni oshiring: matnlarni o‘qish davomida yangi so‘zlarni tarjima qilib, yodda saqlang.