Логотип учебного центра Пять с плюсом

Manzil:

Toshkent sh., Mirobod tumani, Lolazor MFY, Oybek ko‘chasi, 16-uy

Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Til:

📱 Endi ingliz tilidan uy vazifalari – to‘g‘ridan to‘g‘ri Fiveplus ilovasida!

Изображение новости

Biz o‘quv platformasini ingliz tilini o‘qitish jarayoniga integratsiya qildik: darsdan so‘ng o‘quvchi o‘tilgan Unit — Listening, Reading, Writing, Speaking va Grammar bo‘yicha topshiriqlarni oladi va ularni onlayn bajaradi.


Test topshiriqlarining bir qismi avtomatik tarzda tekshiriladi. O‘qituvchi natijalarni ko‘rib boradi, yozma va og‘zaki ishlarni tekshiradi, izoh va tavsiyalar beradi hamda zarur bo‘lganda o‘z topshiriqlarini ham qo‘shadi.


Bu amalda nimani o‘zgartiradi?

⏱ Keyingi darsning dastlabki 10-15 daqiqasini uy vazifasining test qismini tekshirishga sarflashga hojat qolmaydi — bu vaqt bilim olish va amaliyot uchun tejab qolinadi.

📊 O‘quvchi o‘z o‘sish ko‘rsatkichlari va natijalarini ilovada ko‘ra oladi.

🎯 Topshiriqlarni bajarib tangalar yig‘ish va guruh reytingida bellashish mumkin — bu esa muntazam shug‘ullanish uchun qo‘shimcha motivatsiya bo‘ladi.

👩🏻‍🏫 O‘qituvchi o‘quvchilarning davomati, bajargan topshiriqlari va o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini bitta joyda kuzatib boradi.


❗️Hozircha bu tizim ingliz tili darslarida ishlamoqda.


🇬🇧 “Beshplus” o‘quv markazida General English kursini o‘rganish, IELTS, CEFR hamda kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish mumkin.


🏫 Guruhda oflayn mashg‘ulotlar

💻 Yakka tartibdagi onlayn darslar

📱 Platformamizdagi videodarslar

🤝 Ingliz tili bo‘yicha yordamchi o‘qituvchi (Support Teacher)


🔥 O‘qishga qabul qizg‘in davom etmoqda!


Ta’limning bunday shaklini sinab ko‘rishni xohlaysizmi? Bizga yozing — o‘quv dasturlari, guruhlar, dars jadvali va mashg‘ulotlar narxi haqida batafsil ma’lumot beramiz.


👉 Kurslarga yozilish: @fiveplus_public_bot


📲 Fiveplus ilovasini yuklab olish:

App Store | Google Play


📞 Murojaat uchun telefon: (78) 777-03-50

🌐 Sayt: 5plus.uz