😎Bugun “Talaba lug‘ati” ruknida : Italiyada ISEE nima degani?

Изображение новости

Agar Italiyadagi DSU stipendiyasiga hujjat topshirishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, ISEE atamasiga duch kelishingiz aniq.


Bu nima degani?


ISEE — bu oilangizning daromadi va mol-mulki miqdorini ko‘rsatuvchi indeks. Italiya universitetlari hamda stipendiya beruvchi tashkilotlar sizning moliyaviy yordamga haqli yoki haqli emasligingizni aniqlashda aynan shu ko‘rsatkichga tayanadi.


U nima uchun kerak?


ISEE ko‘rsatkichisiz siz DSU stipendiyasini, yotoqxonadan joy yoki o‘qish to‘loviga chegirma ololmaysiz. ISEE qanchalik past bo‘lsa, yordam olish ehtimoli shunchalik yuqori bo‘ladi.


Uni qanday olish mumkin?


Oilangizning o‘tgan yilgi daromadlari va mol-mulki to‘g‘risidagi hujjatlarni to‘plab, italyan tiliga tarjima qildirasiz va shu ma’lumotlar asosida Italiyada sizning ISEE ko‘rsatkichingiz hisoblab beriladi.


📌Maslahatlar:


— Hujjatlarni oldindan tayyorlang, bu jarayon ko‘pincha siz o‘ylagandan ko‘proq vaqt oladi;

— Ariza topshirish muddatlarini o‘tkazib yubormang, ular odatda avgust–sentyabr oylariga belgilangan bo‘ladi.