Manzil:
Toshkent sh., Mirobod tumani, Lolazor MFY, Oybek ko‘chasi, 16-uy

✔️ Kelajakdagi eng yuqori maosh to‘lanadigan top 5 kasb.
Ko‘pchilik kelajakda qaysi kasblarga talab yuqori bo‘lishi haqida o‘ylanadi. Ayniqsa, bunday o‘y-xayollar farzandi bor insonlarga ko‘proq keladi, axir biz farzandlarimiz uchun yaxshi kelajak va yuqori daromadli ishni istaymiz.
AQSh Mehnat statistikasi byurosi turli sohalarda bandlik o‘sishining taxminiy hisob-kitoblarini e’lon qildi. Xususan, mutaxassislar har bir kasb bo‘yicha 2026-yilga kelib ish haqi va ish o‘rinlari soni borasida o‘z bashoratlarini taqdim etdilar.
Ehtimol, mamlakatimizda bu boradagi manzara biroz farq qilishi mumkin, biroq umumiy tendensiyalarni kuzatish imkoni bor.
⬇️ Quyida kelajakda talab yuqori bo‘ladigan 5 ta yuqori maoshli kasb haqida so‘z yuritamiz.
1️⃣ Tizim tahlilchisi
2016-yildan 2026-yilgacha paydo bo‘ladigan yangi ish o‘rinlari soni: 54 400 ta
2017-yildagi o‘rtacha yillik ish haqi: $88 270
2️⃣ Tizimli dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilari
⠀
2016-yildan 2026-yilgacha yaratiladigan yangi ish o‘rinlari soni: 47 100 ta
⠀
2017-yildagi o‘rtacha yillik ish haqi: $107 600
⠀
3️⃣ Tibbiyot mutaxassisliklari o‘qituvchilari
⠀⠀
2016-yildan 2026-yilgacha yaratiladigan yangi ish o‘rinlari soni: 60 600 ta
⠀
2017-yildagi o‘rtacha yillik ish haqi: $97 870
⠀⠀
4️⃣ Sog‘liqni saqlash va tibbiyot menejerlari
⠀⠀
2016-yildan 2026-yilgacha yaratiladigan yangi ish o‘rinlari soni: 72 100 ta
⠀
2017-yildagi o‘rtacha yillik ish haqi: $98 350
⠀
5️⃣ Bozor tahlilchilari va marketing mutaxassislari
⠀⠀
2016-yildan 2026-yilgacha yaratiladigan yangi ish o‘rinlari soni: 138 300 ta
⠀
2017-yildagi o‘rtacha yillik ish haqi: $63 230