Yaponiyada MIRAI-2026 almashinuv dasturi 🇯🇵

Изображение новости

⚡MIRAI: Mutual-understanding, Intellectual Relations and Academic Exchange Initiative⚡


📍Joyi: Tokio, Yaponiya

📅Vaqti: 2026-yil 14-20 yanvar

🗣️Tili: ingliz tili


👥Kimlar uchun

Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlaridan 20 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan, ingliz tilini mukammal biladigan va o‘qishda yuqori natijalarga erishgan talabalar (bakalavr va magistratura) hamda ishlovchi shaxslar taklif etiladi.


Dasturning qisqacha mazmuni:

1. Onlayn shaklda dastlabki almashinuv dasturi (Online pre-exchange program)

Taxminiy sana: 2025-yil dekabr oyi boshida

2. Asosiy dastur (Yaponiyadagi dastur)

Tokio va uning atroflariga tashrif, Yaponiya siyosati haqida ma’ruzalar tinglash, huquqshunoslikka oid universitet va muassasalarga tashrif buyurish, yapon madaniyati bilan tanishish va hokazo.


💸Shartlar

Barcha xarajatlarni taklif etuvchi tomon qoplaydi.


⏰Oxirgi muddat: 2025-yil 15-oktyabr


➡️Batafsil ma’lumot: https://jice.viewer.kintoneapp.com/public/mirai-appform2025